Ingichka poshnali poyabzallar qanchalik
jozibador bo’lmasin, biz – ayollarga
qanchalik yoqmasin, ularni muntazam
ravishda kiyish salomatligimizga putur
yetkazadi. Ushbu mavzuni ko’tarishimizdan
maqsad ham shu: baland poshnaning ayol
sog’lig’iga ko’rsatadigan ta’sirlaridan ogoh
etish.
Baland poshnali oyoq kiyimlarni muntazam
kiyish faqatgina oyoq tomirlarida emas, balki
butun organizmda jiddiy o’zgarishlar sodir
bo’lishiga olib keladi:
Poshnasi 3 santimetrdan baland
bo’lgan poyabzallar doimiy
ravishda kiyilganda:
• Oyoq bo’g’imlari
shikastlanadi;
• Tos-son sohasida moddalar
almashinuvi sekinlashadi;
• Boldir venalarining varikoz
kengayishi boshlanadi.
• Bora-bora osteartroz va
osteoporoz (suyakning
g’ovaklanishi) vujudga keladi.
Poshnasi o’ta baland (masalan,
5-10 santimetr) oyoq kiyimlar
mushaklarni zo’riqtiradi, oyoqni
tez charchatadi;
Barmoq qismi o’ta tor, umuman,
tor poyabzallarda oyoqlar uzoq
vaqt qisiladi, oqibatda, dastlab
oyoq barmoqlari, so’ng oyoqning butun
skeleti ziyon ko’radi:
• Oyoq barmoqlari shilinadi,
shuningdek, qiyshaya
boshlaydi;
• Oyoq bo’g’imlari
yallig’lanadi;
• Tor poyabzalda qon
tomirlari ham ma’lum muddat
qisiladi. Bu esa oyoqlarda qon
aylanishini buzadi, tovon
mushaklarining qon bilan
ta’minlanishini izdan
chiqaradi;
• Yassioyoqlik kelib chiqishi
ham ehtimoldan holi emas;
Ayniqsa, balog’at yoshidagi
qizlar uchun baland poshnali
oyoq kiyimlar o’ta zararli:
• O’smirlarning mo’rtroq
suyaklariga zarar yetkazadi;
• Tos suyagining
qiyshayishiga olib keladi.
Yuqoridagi ikki holat tug’ruq
paytida jiddiy muammolarga sabab
bo’lishi mumkin.
Tavsiyalar:
Odatiy kunlarda poshnasi 3
santimetrdan ziyod bo’lgan
poyabzallarni kiymaganingiz
ma’qul;
Mashqlar – bo’g’imlarning
qayishqoqligini orttiradi. Shuning
uchun turli marosim-u
tantanalarda baland poshnali oyoq
kiyimlarni kiyishdan oldin va
chiqargandan so’ng, oyoq uchi
bo’g’imlari bilan turli mashqlar qiling;
Imkon qadar toza charmdan
tikilgan oyoq kiyimlar kiying.
Sun’iy teridan tikilgan poyabzal
oyoqlarni dimiqtirib, tirnoq va teri
kasalliklarini yuzaga keltiradi.