#CHIMILDIQ.RU#
Реклама
* Порнуха на XMobi.Net
* SEXMOBI.RU - AZ PORNO SEX
* УЗБЕКСКОЕ ПОРНО НА VAXSEKS.RU
* HIKOYA.RU
* Uzbek am qizlar
* Erotik hikoyalar Uzbx.RU
* УЗБЕКСКОЕ ПОРНО XUZB.RU
* BYSEX.SU
* Zavqli.Ru - Super partal
* ANALSEXVIDEO.RU
* Azeri seksi hekayeler
* HEKAYELER.RU - СЕКС ХЕКАЙЕЛЕР
* uzbekskoe.cc
Библиотека | Hikoyalar | Chimildiqqa kirgan chol
ham bola ko‘rmadi. Uch bolani katta qildi. O‘z bolasiday papalab, oq yuvib, oq taradi. Ikki qizini uzatdi, o‘g‘lini uylantirdi. O‘g‘il bebaror chiqdi. Na ishining tayini bor, na ro‘zg‘or tutishining. Ichkuyov bo‘lib Yangiyo‘lda yashaydi. Bu yoqda Esirgapding kuni Marjong‘a qolg‘an, o‘zi qip-qizil alkash. Uchovoraga qo‘shilmaydi. Ro‘zg‘ordi amal-taqal qilib Marjon tebratib turibdi…
Bu gaplarni eshitgan ota o‘tog‘asiga emas, xuddi Xizrga yo‘liqqanday bo‘ldi. Lekin hozircha sir bermadi, xayr-xo‘shlashib uyiga qaytdi. “Singil”ning ismi Marjon ekanini bilib qaytdi.
Ertasi kuni yana mardikor bozoriga bordi. Ajabki, izlagan odami bir chetda turgan ekan.
— Marjon, qalay, yaxshimisan, tinchmisan?
— Xudoga shukr. O‘zingiz qalaysiz, aka?
Marjon hayron edi: “akasi” ismini qaydan bilib oldi ekan? U “akasi” allaqachon kalavaning uchini topganidan bexabar edi. Avval “qizim” edi, keyin “singlim”ga o‘tdi, endi bemalol ismini aytyapti, sensirayapti.
Nima bo‘lganda ham “aka” bilan “singil” o‘rtasidagi masofa tobora yaqinlashmoqda edi.
— Jur, bir xoliroq joyda gaplashayik, — dedi ota.
Marjon indamasdan unga ergashdi.
Xoliroq joyga — Guliston shahri bilan “Obod mahalla”ni bog‘lab turuvchi temir yo‘l ustidagi osma ko‘prikning tagiga borib o‘tirdilar. Gaplashdilar.
— Marjon, gapding ochig‘ini aytsam, uch haptadan beri seni izlayman.
— Aka, endi nimamni izlaysiz? Mening izlagiligim qolmag‘an. Menga it tegib bo‘lg‘an. It tumshug‘i tekkan yerga suv ichg‘ali sher kelmas.
— Bu nima deganing? Nima, meni sherga mengzayapsanma?
— Shu deganim.
— Tushuntirib so‘yla.
— Ko‘rib turganingizday, tirikchilik — toshdan qattiq ekan. Avval uchratganingizda sabzi-piyoz sotib turib edim, olibsotarchilik qilib yurib edim. Lekin bozor deganingiz ochiq mozordanam yomon ekan: pattachidan boshlab mirshabgacha, mirshabdan do‘xtirgacha “ber-ber” ekan. Kerak bo‘lsa, har bir qarich joy sotiladi. Chayqovchilik qilib topgan pulim choychaqa tugul, kira moshinaning xarajatiniyam qoplamay qo‘ydi.
— Kartishka, sabzi-piyoz o‘z tomorqangdan emasmidi?
— Jo‘q, tomorqani bir o‘zim eplolmadim.
— Ering-chi?
Marjon bir oz dovdiradi.
— Erimma, erim… U kishiga ham oson emas. Jamoa xo‘jaligida ishlab topgani qora qozonni qora bostirdi. Uch-to‘rt oylab haq bermaydi, berganlariyam… Berganing bir kulcha, … tong otguncha deganday. Oxir-oqibat zo‘r berib ichishga o‘tib oldilar. Kunni tunga, tunni kunga ulab juboradi, “zapoy” qiladi.
Ota Toshpo‘lat o‘tog‘asidan hamma gapni bilib olgan bo‘lsa ham, o‘zini bilmaslikka solib gapirdi:
— Bolalaring-chi, ular dastyor bo‘lib qolishgandir, axir?!
— Biz xudo urib, payg‘ambar hassasi bilan turtganlardan, tovoni qon ko‘rmagan bebaxtlardanmiz. U yog‘ini aytaversam… Mayli, aka, qo‘ying endi. Men tirikchilikdan qolmay, uyga quruq qo‘l bilan borolmayman. Menga qarab o‘tirishibdi.
Ota ham o‘zini shoshib turgandek ko‘rsatib, gapning indallosiga ko‘chdi:
— Marjon, seni bunchalik tutib turishim ko‘rar ko‘zgayam yaxshi emas. Endi sen mendan “jo‘l bo‘lsin?» deb so‘rasang… Amakilarimizdan birining oilasi sing‘an. Men shunga “shahar ko‘rmagan” ayol izlab juribman. Yoshi yetmishni qoralab qolg‘an, lekin beli baquvvat chollardan. Unib-o‘sgan qullardan. Qariyb bir jildan beri munosibrog‘ini so‘roqlaymiz. Biri yosh bo‘lsa, biri beboshroq. Biri chinakam sanam bo‘lsa, biri satangroq. Biri beva bo‘lsayam, nevara-chevarali. Endi sen ham ko‘z-quloq bo‘lib jursang. Xudodan sal-pal xabari bor, o‘zimizg‘a o‘xshag‘an jaydari, boshi bo‘sh ayollardan bo‘lsa, xayrli ishga qo‘l urg‘an bo‘larding.
Albatta, Marjon “akasi” kimni nazarda tutayotganini xayoliga ham keltirmasdi.
— Bizding qishloqda siz aytg‘anday ayol bor, lekin uni so‘rab kelmag‘an, odam qo‘ymag‘an kishining o‘zi qolmadi. Uning qat’iy javobi shu: “Men chin dunyoga ketgan erimding arvohini chirqillatib qo‘yolmayman. Qir to‘la qo‘yi, sayhon to‘la samani bo‘lsayam jo‘lidan qolmasin. Tumanbegi bo‘lsayam bu uyga qayta qadam bosmasin”. Shundan so‘ng sovchilarding qadami tindi…
Ota “singil”ning gaplarini eshitib, o‘zining aytar o‘laniga o‘tdi:
— Kun peshin bo‘lib qoldi. Seniyam ishdan qo‘ydim. Bugungi uvol-savobing mening bo‘ynimda. Sen mana buni ol-da, mayda-chuyda qilib uyingga bor, — deb bir tutam pul uzatdi. — Mening senga og‘alik maslahatim — nima ish qilsang qil, lekin mardikor bozoriga bugundan boshlab kelishni bas qil!
Ota o‘zicha himmat ko‘rsatib Marjonning bitmas yarasiga go‘yo tuz sepdi. Ayol unsiz yig‘lashga tushdi, xo‘rligi keldi. Harchand iltimos kilsa-da, “akasi” uzatgan pulni olmadi. Ota ham bo‘sh kelmadi:
— Mayli, qarz deb bil. Qo‘lingga qush o‘tirgan kuni qaytararsan. Ol, baraka topkur, ol!
Marjon nihoyatda o‘sal bo‘ldi.
— Mayli, mendan qaytmasa Xudodan qaytsin, — deb pulni oldi. — Endi haligi, mardikor bozoriga qayta kelako‘rma, degan gapingizg‘a javob bersam. Bu jo‘l bilan pul topishding masxara ekanini o‘zimam bilaman. Boshimdanam o‘tdi. Ayol zoti mardikorlikding ketidan kun ko‘rg‘andan ko‘ra, … qilib tirikchilik o‘tkazg‘ani ma’qul ekan. Mardikor ayol — puldording quli. Aytg‘anini qiladi, sarmoyador o‘z bilg‘anidan qolmaydi. Bir kuni shu yerda turib edim. Bitta aktipbashara, yoshi qaytg‘an kishi kelib, singlim, bizding bir kunlik ishimiz bor, dedi. Mayli, dedim. Moshinasiga mindirib olib ketdi. “Dom”da yashar ekan. Uyiga kirdik. Qo‘lidan tortib gardanig‘acha tilla taqinchoq taqqan juvon kutib oldi. Keyin shohona dasturxonni ko‘rsatib, o‘tiring, dedi. Men bu yerga mehmondorchilikka kelmag‘anman, ishlag‘ani kelg‘anman, qilar ishimdi ko‘rsating, dedim. Avval tamaddi qilib oling, keyin ko‘rsatamiz, ish bo‘lsa qochmaydi, dedi. U desam — bu dedi, bu desam — u dedi. Ko‘rpachag‘a o‘tirishim bilan boyag‘i ayol eshikdi yopib tashqarig‘a chiqib ketdi. Anavi kishi yonimg‘a kelib o‘tirib, “oling-oling” deb mulozamat qila boshladi. Men xuddi qapasga qamalib qolg‘an qushg‘a o‘xshardim. Chinni kosadagi sho‘rvadan bir-ikki qoshiq ichganday bo‘ldim. Birdan og‘zim qurib, tomog‘im qaqrab ketdi. Endi muzday narsa ichgim kelardi, xolos. Bora-bora boshim aylanib, ko‘zim tinib, hushimdi yo‘qotdim, shekilli. U yog‘ini bilmayman. Bir vaqt ko‘zimdi ochsam, a’zoyi badanim o‘zimniki emas… Axiyri ayol kirib keldi. Qalay, yaxshi dam oldingizma, dedi. Ha, dedim. Rosa yaxshi dam oldik, dedim. Yaxshi kasbingiz bor ekan, dedim. Mening kasbim sizding kasbingiz oldida … dedi. Endi shart turib ketishdan boshqa ishim qolmag‘an edi. Yonimg‘a bir dasta pul solib qo‘ydilar. Puldi haligi ayolding basharasiga qaratib otdim. Tanpurushlikning ketidan kun ko‘rishga o‘rgatg‘aning uchun, ochib qo‘yg‘an maktabing uchun senga rahmat, dedim. Bir kuni alohida kelib qo‘l berib, qo‘lingdi olib ketaman, dedim. Ayol hiringladi. Anavi bezbet ham hiring-hiring qildi. Chikdim-da ketdim. Itg‘a talang‘an daydiga o‘xshab ketdim… Siz esa meni odam deb gaplashib o‘tiribsiz! Buning ustig‘a, odamgarchilik qilyapsiz.
Ota Marjonning dardi ichida ekanini bilardi, lekin bunchalik alamzada ekanini aslo o‘ylamagan edi. Ko‘ngli toza, soddadil ayol… Bunday ayolni birinchi marta ko‘rayotgan edi.
Скачать txt | fb2
На главную
0 / 3© CHIMILDIQ.RU
Jinsiy saboqlar haqida hikoyalar, hikoya, xikoyalar, xikoya, ehtirosli hikoyalar, aloqa qilish sirlari, kelin kuyovlar, maslaxat xikoyalar, хикоялар, jinsiq saboqlar, hayotiy hikoya, hayotiy xikoyalar, tarixiy hikoyalar, qizlar haqida hikoya 2021, ayollar jinsiy olati, ayollar kasalliklari, jinsiy aloqa qilish, kattalar uchun, kelin-kuyovlarga maslaxatlar, uzbekcha hikoyalar, uzb hikoyalar, uzbekcha hikoyalar, uzb xikoyalar, uz xikoya, hikoya, ona hikoya, hikoya ona bola, uzbekcha kliplar, musiqalar videolar, hikoya ehtirosli, hikoyalar toplami, sevgi, sevgi hikoyalar, latifalar